Tashkent, May 3 -- AQSh Davlat departamenti Ukraina hukumatiga F-16 qiruvchilari va u bilan bog'liq jihozlarni taxminan 310,5 million dollarlik (274,7 million yevro) summaga sotish ehtimolini ma'qulladi. AQSh Mudofaa vazirligining Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik agentligi (DSCA) bu bo'yicha zarur sertifikatlarni rasmiylashtirib, AQSh Kongressiga xabar berdi. Bu haqda DSCA 2-may, juma kuni ma'lum qildi.

Mazkur paket samolyotlarni modifikatsiya va modernizatsiya qilish xizmatlarini, parvoz va texnik xizmat ko'rsatish uchun xodimlarni tayyorlashni, ehtiyot qismlar, yerda xizmat ko'rsatish uskunalari, dasturiy ta'minot, texnik hujjatlar va boshqa logistika elementlarini o'z ichiga oladi.

DSCAning ta'kidlashicha, bu kutilayotgan savdo Ukrain...