Tashkent, April 28 -- Donald Tramp ma'muriyati va AQShdagi qator universitetlar, jumladan, Harvard o'rtasidagi mojaro keskinlashgani sabab amerikalik talabalar internet orqali Buyuk Britaniyada o'qishga oid ma'lumotlarni ko'proq qidirishni boshladi. Bu haqda oliy ta'lim to'g'risidagi ma'lumotlarga ixtisoslashgan Studyportals platformasi ma'lumotlariga tayanib Financial Times xabar berdi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, mart oyida AQShdan Buyuk Britaniya OTMda ta'lim olish borasidagi so'rovlar soni o'tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga oshgan. Shuningdek, Germaniya, Avstraliya, Fransiya va boshqa qator davlatlarda ham o'qish istagini bildirayotganlar soni oshmoqda.

Studyportals'ning qayd etishicha, chet ellik talabalar orasida esa mart o...