Tashkent, May 17 -- AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem bir guruh migrantlar turli sinovlar orqali Amerika fuqaroligini oladigan realiti-shou g'oyasini ilgari surmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri Noem tomonidan tayyorlangan 35 betlik taqdimotga asoslanib xabar berdi.

Shouning taxminiy nomi - Amerikalik. Daily Mail tomonidan e'lon qilingan taqdimot slaydlaridan biri shouning formatini belgilaydi: Har bir epizodda meros bilan bog'liq sinov, yutqazgan chiqib ketadigan sinov, shahar meriyasida uchrashuv va yakuniy ovoz berish jarayoni bo'lishi kerak. Ovozlar Noem taklifiga ko'ra, AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatlari xodimlari tomonidan hisoblanadi.

Ko'rsatuv boshlovchisi, ijodkorlarning fikriga ko'ra, fuqarolikka qabul qilingan ta...