Uzbekistan, Sept. 3 -- Vakillar palatasining Nazorat va hukumat islohoti qo'mitasi moliyachi Jeffri Epshteynning shov-shuvli ishi bilan bog'liq minglab sahifali hujjatlarni e'lon qildi. 2-sentabr, seshanba kuni Adliya departamenti tomonidan yuborilgan 33 ming sahifadan ortiq fayllar Vakillar Palatasining Nazorat va hukumat islohoti qo'mitasi saytiga yuklandi.

Epshteyn tergovi bilan bog'liq minglab sahifalar allaqachon nashr etilgan. "Biz bu hujjatlarni toliq shaffoflikni taminlash va Amerikadagi hamma uchun ochiq qilish uchun yuklayapmiz", dedi qomita raisi Jeyms Komer. Uning so'zlariga ko'ra, qo'mita hujjatlarni yuklash jarayonini imkon qadar tezroq yakunlamoqchi.

Palata qo'mitasi, shuningdek, Adliya vazirligidan qo'shimcha hujjatlar o...