Tashkent, June 21 -- AQSh harbiy-havo kuchlari Buyuk Britaniyaga avvalroq yetib kelgan beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari eskadronini Iordaniyadagi Mavaffika Salti aviabazasiga ko'chirishni boshladi. Bu haqda Itamilradar nashriga tayanib Interfaks xabar berdi.

Avvalroq, AQSh 12 ta F-22 Raptor qiruvchi samolyotini Angliyadagi Leykenxit aviabazasiga jo'natgan edi. Ulardan 8 tasi 20 iyun kuni Iordaniyaga yuborildi.

Samolyotlarning Iordaniyaga yetib borishini ta'minlash uchun Amerikaning KS-135 va KS-46 tanker-samolyotlaridan foydalanildi.

AQSh ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlar allaqachon Yaqin Sharqqa bir necha qiruvchi samolyotlar eskadrilyasini, jumladan beshinchi avlod F-35 qiruvchilarini...