Tashkent, June 14 -- 13 iyun kuni tong sahardan boshlangan Isroilning Eronga hujumi va Tehronning javob zarbalari ortidan AQSH prezidenti Donald Tramp to'g'ridan to'g'ri tahdidlar bilan Eronga murojaat qildi.

Men Eronga kelishuv tuzish uchun bir necha bor imkoniyat berdim. Ularga eng qatʼiy so'zlar bilan shunchaki bajaringlar deb aytdim, lekin ular qancha harakat qilmasin, qanchalik yaqinlashmasin, baribir bunga erisha olmadi, deb yozgan AQSH yetakchisi o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'ida.

Tramp bayonotida Eronga berilgan takliflari eʼtiborsiz qolgani hamda AQSH va Isroilning harbiy kuchini oshkora ko'rsatishni xohlagan.

Men ularga bu ularning bilgan, kutgan yoki ularga aytilgan hamma narsadan ancha yomonroq bo'lishini ...