Tashkent, May 13 -- Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi onlayn-platforma va saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo'ydi.

Hujjat bloger va inflyuyenserlar, shuningdek, internet-resurslarni moderatsiya qilish bilan bog'liq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. 7-may kuni Oliy Majlisda bo'lib o'tgan davra suhbatida AOKA qonun loyihasi ishlab chiqilganini ma'lum qilgandi.

Inflyuyenser esa o'z akkaunti yoki ommaviy hamjamiyatda 10 mingdan ortiq obunachiga ega bo'lgan blogerdir. Shuningdek, hujjatda yolg'on axborot, spam resurs va fishing resurslar kabi tushunchalar qayd etilgan.

AOKA onlayn-resurslardan foydalanuvchilarning huquq...