Tashkent, May 15 -- Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan Qorabog'soy ko'prigining bir qismi qulab tushdi, deb xabar beradi Avtomobil yo'llari qo'mitasi.

Qayd etilishicha, 13 may kuni soat 20:00 larda Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo'qon-Shahrixon-Andijon avtomobil yo'lining 85-kilometridagi Qorabog'soy ko'prigi chetidagi oxirgi oraliq qurilmasi, ya'ni piyodalar yo'lagi (bir dona oraliq qurilma to'sin - 22,1 metr) sinib tushgan.

Ushbu yo'nalish bo'yicha avtomobillar harakati vaqtincha cheklanib, harakatlanish vaqtincha D 019 Angren shahrini aylanib o'tish avtomobil yo'liga o'tkazilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Qorabog'soy ko'prigi 1969 yilda foydalanishga topshirilgan bo'lib, u 1995 yilda rekonstruksiya qilingan.

O'zyo'lko'prik klaster...