Tashkent, May 9 -- 8 may kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida "Sarvontepa" MFY hududidan oqib o'tuvchi Janubiy Farg'ona kanali qirg'oqlarining biriga shikast yetgani oqibatida ko'chalarni suv bosgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik, sodir bo'lgan suv toshqiniga qo'shimcha GES qurilishi vaqtida kanalga ortiqcha suv tashlangani sabab bo'lgani aytildi. Ushbu toshqinlarga sabab bo'lgan GES Rossiya tomonidan qurilayotgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda "O'zbekgidroenergo" aksiyadorik jamiyati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 dekabrdagi 800-sonli qaroriga asosan Rossiyaning MPR moliya instituti mablag'lari hisobiga Janubiy Farg'ona kanalida "JFK-3 kichik GES qurilishi" loyihasi amalga oshirilmoqda. ...