Tashkent, April 23 -- Andijon viloyati Baliqchi tuman IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-tadbirda noqonuniy xo'roz o'yini faoliyatiga chek qo'yildi.

Mazkur tumanda yashovchi shaxs xonadonida tavakkalchilikka asoslangan xo'roz urishtirish o'yini uchun maxsus arena tashkil qilgan. Tadbirda ushbu xonadonda jami 18 nafar ishtirokchi aniqlangan.

Voqea joyda o'rtaga tikilgan pullar va xo'rozlar dalily ashyo sifatida olingan.

Ayni paytda holat yuzasidan JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....