Tashkent, April 28 -- "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi hafta klubni tark etishi mumkin. U "qirollik klubi"dan ketgach, Braziliya terma jamoasining yangi ustozi bo'lishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Madrid Xtra nashri xabar berdi.

Anchelotti 2013-2015-yillar oralig'ida "Real"ni boshqargan va 2021-yilda yana Madrid klubiga qaytgandi. U boshchiligida "qirollik klubi" bir marta La Liga chempioni, ikki marta Ispaniya Kubogi va bir marta Superkubogi g'olibi bo'ldi. Shuningdek, Anchelotti "Real" bilan ikki martadan UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....