Tashkent, April 26 -- Nyu-York federal okrug sudi AQSh Kongressi Vakillar palatasining sobiq a'zosi, respublikachi Jorj Santosni firibgarlik va shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlashda aybdor deb topib, uni ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Sud qaroriga ko'ra, Kongressda bir yildan kamroq ishlagan va ko'plab yolg'onlar hamda soxtalashtirishlarga aloqador Santos yetti yilu uch oy qamoq jazosini o'taydi.

Jorj Santos 2022 yilning kuzida Vakillar palatasiga saylangan edi. 2022 yil dekabr oyida The New York Times gazetasi uning Kongressga saylanish uchun o'z tarjimai holi faktlarini soxtalashtirgani haqida surishtiruv e'lon qilgan. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, u saylovoldi kampaniyasi uchun to'plangan xayriya pullarini qimm...