Tashkent, April 25 -- ChatGPT sun'iy intellekt chatboti amerikalik ayolga bir nechta shifokorlar xatosidan keyin to'g'ri tashxis qo'ydi, deb xabar beradi The Sun.

Loren Bennon 2024 yil fevraldan beri o'z sog'lig'idan xavotirlanib kelgan, bunga jimjiloq barmog'i ertalab va kechqurun bukilishi qiyinlashib qolgani sabab bo'lgan. Ayol shifokorlarga murojaat qilgan, ular esa revmatoid artrit tashxisini qo'ygan. Shu bilan birga, ushbu kasallik uchun topshirilgan test javoblari salbiy chiqqan.

Bir necha oydan keyin Lorenning oshqozonida kuchli og'riq paydo bo'lgan - shifokorlar buni kislotali reflyuksiya bilan bog'lagan. Ayol mutaxassislarning tashxisidan shubhaga borib, o'zida kuzatilayotgan kasallik belgilarini ChatGPT'ga kiritgan.

Sun'iy i...