Tashkent, May 21 -- Qozog'istonlik estrada xonandasi, 39 yoshli Alisher Karimovga Qozog'iston xalq artisti unvoni berildi. Bu haqda xonanda Instagram orqali ma'lum qildi.
Aziz do'stlar! Bugun men uchun tarixiy kun - Qozog'iston Respublikasi xalq artisti unvoniga loyiq topildim. Bu yuksak mukofotni mamlakat prezidentining qo'lidan qabul qilish yanada sharafli, - deb yozdi, jumladan, xalqaro vokal tanlovlarining qatnashchisi.
Ma'lumot uchun: Alisher Karimov 1985-yilning 28-oktyabrida Qozog'istonning Jambul (hozirgi Taraz) shahrida o'zbek oilasida tug'ilgan. Qo'shiqlarini asosan o'zbek, qozoq, va rus tillarida ijro etadi.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.