Tashkent, April 30 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari 2022-yil avgustda Urganch shahridagi Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishiga asos solgan edi. U yerda buyuk olim nomidagi universitet va ixtisoslashtirilgan maktab ham bo'ladi.

Taqdimotda mazkur ta'lim maskanlarini tashkil etish chora-tadbirlari, asosiy yo'nalishlari haqida axborot berildi.

Universitetda 3 ta: matematika va informatika fakulteti, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi fakulteti hamda sun'iy intellekt fakulteti bo'ladi. Ularda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, sanoat, xavfsizlik, energetika va ekologiya kabi sohalar uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Darslar o'zbek...