Tashkent, June 16 -- 16-iyun kuni AOKAda o'tkazilgan brifingda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova sirtqi ta'lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilik vakillari tomonidan berilayotgan savollarga javob berdi.

Joriy yilning may oyidagi prezident farmoni bilan 2025/2026-o'quv yilidan boshlab ta'limning sirtqi shakliga qabul tugatilgandi. Mazkur talab davlat hamda xususiy oliygohlar uchun teng amal qiladi.

Vazirlik 2018-yilda qayta joriy etilgan sirtqi ta'lim shakli katta yoshdagi aholi o'rtasida oliy ta'lim qamrovini oshirib, ijobiy natijalar berganini qayd etdi. Biroq, akademik intizom, sifat nazorati va yuqori ta'lim standartlariga rioya qilish bilan bog'liq muammola...