Tashkent, April 22 -- Yevropaning Airbus samolyotsozlik korporatsiyasi 2035 yilga borib bozorga nol miqdorda zararli gaz chiqaradigan vodorod dvigatelli yo'lovchi samolyotini taqdim etish rejasidan voz kechdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Airbus rahbari Giyom Fori 2020 yilda kompaniya aviasanoatda yashil o'tishga boshchilik qilmoqchi ekanini aytgandi. U 15 yil davomida vodorod dvigatelli samolyotlarning uchta tipini seriyali ishlab chiqarishga tayyor bo'lishi taxmin qilingan edi. Ularning eng kattasi 200 nafar yo'lovchiga mo'ljallangan va parvoz davomiyligi 3,7 ming kilometrga yetishi kerak bo'lgan.

Airbus vodoroddan yonilg'i sifatida foydalanishni o'nlab aviakompaniyalar bazasida va dunyo bo'ylab 200 dan ortiq aeroportlarda si...