Tashkent, June 12 -- Afg'onistondagi "Tolibon" muvaqqat hukumatida sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy Toshkentda bo'lib o'tgan xalqaro investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Laziz Qudratov bilan ikki davlat o'rtasida imtiyozli savdo bo'yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda "Tolo News" xabar berdi.

Nashrga ko'ra, ushbu kelishuv asosida ikki davlat o'rtasidagi boj stavkalari kamaytiriladi, bu esa savdo faoliyatida qulayliklar yaratadi va ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.

Shu bilan birga, tomonlar savdo, sanoat, qishloq xo'jaligi sohalarida Afg'oniston-O'zbekiston qo'shma ish rejasini ham imzolagan.

Published by HT Digital Content Services with p...