Tashkent, May 8 -- Disney kompaniyasi Yaqin Sharqdagi birinchi tematik bog'ini quradi. U BAA poytxati Abu-Dabida ochiladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Disneylend Yas sun'iy orolidan joy oladi. Loyiha tafsilotlari oshkor etilmayapti. Disney faqat loyihani ishlab chiqishga taxminan ikki yil, bog'ni qurishga esa olti yilga yaqin vaqt ketishini ma'lum qilgan.

Abu-Dabidagi Disneylend chinakam Disney ruhida bo'ladi, shu bilan birga, u amirliklarga xos betakrorlikni ham o'zida aks ettiradi - bu dunyo chorrahasida joylashgan ajoyib Disney o'yin-kulgi oazisiga aylanadi, - deydi The Walt Disney Company bosh direktori Robert Ayger.

Kompaniyadagilarga ko'ra, BAAda dunyodagi eng yirik aviatsiya habi joylashgan. Y...