Tashkent, May 27 -- Abu Dabi 2027-yilda Aion Sentia nomli sun'iy intellektga asoslangan birinchi kognitiv shaharni ishga tushirishni rejalashtirgan. Loyiha 3,3 milliard dollarga baholangan. Bu haqda The Technology Express xabar berdi.

Aion Sentia - bu nafaqat aqlli, balki kognitiv shahar bo'lib, u o'zini o'zi o'rganuvchi va rivojlanib boruvchi tizimga ega bo'ladi. Shahar, aholisi bilan birga o'zgarib, ularning ehtiyojlariga moslashadi. Bu konsepsiya shaharni boshqarish va xizmatlarni taqdim etishda sun'iy intellektning chuqur integratsiyalashishini nazarda tutadi.

Qurilish va hamkorliklar

Aion Sentia qurilishi uchun Bold Technologies va italiyalik Synapsia kompaniyalari 2,5 milliard dollarlik shartnoma imzolagan. Hamkorlik shaharni bos...