Tashkent, May 8 -- Abdug'affor Karimjonovich Qirg'izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

Abdug'affor Qirg'izboyev 1962 yilda Namangan viloyatida tug'ilgan. 1985 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - tarix va jamiyat o'qituvchisi. Tarix fanlari doktori, dotsent. U muqaddam Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi sifatida ishlagan.

2019 yil noyabridan 2021 yil noyabrda rektor bo'lgunicha Vazirlar Mahkamasining Davlat tilni rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida ishlagan.

Namangan davlat universite...