Tashkent, May 20 -- O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev o'yinda golga sabab bo'lgan xatosi uchun uzr so'radi. Bu haqda u o'zining Instagram sahifasida yozdi.

Kecha, 19 may kuni Rossiya premer-ligasining 29-turi doirasida SSKA va "Lokomotiv" Moskva derbisida durang o'ynadi. "Temiryo'lchilar" stadionida o'tgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

"Lokomotiv" safida dubl muallifi Dmitriy Vorobev bo'ldi - u 10 va 25-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Aynan ikkinchi gol 21-daqiqada o'yinga zaxiradan qo'shilgan Abbosbek Fayzullayevning xatosi bilan kiritildi. U jamoadoshiga noto'g'ri uzatmani amalga oshirishi tufayli to'pni Vorobev egallab oldi va darvozani ishg'ol qildi.

Biroq o'yind...