Uzbekistan, Feb. 1 -- Bu kunni nishonlash sanasi tasodifan tanlanmagan: aynan 1971-yil 2-fevral kuni Eronning Ramsar shahrida Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash makoni bo'lgan suvli-botqoqli hududlar togrisidagi konvensiya imzolandi.

Hujjat imzolangan kun, yani 2-fevral Butunjahon suvli-botqoqli hududlar kuni (World Wetlands Day - WWD) sifatida keng nishonlanadi. Ramsar konvensiyasining asosiy maqsadi butun dunyo bo'ylab barqaror rivojlanishga erishish vositasi sifatida suv-botqoq hududlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hisoblanadi. Malumotlarga kora, bugungi kunda 170 dan ziyod mamlakat Ramsar konvensiyasi tomonlari hisoblanadi. Xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hududlar ro'yxatiga...