Tashkent, May 15 -- 1993 yil 20 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining "Xalqaro oila yili to'g'risida"gi rezolyutsiyasi qabul qilingan. Ushbu xalqaro hujjatga muvofiq 1994 yildan boshlab 15 may - Xalqaro oila kuni (International Day of families) sifatida dunyoning deyarli barcha davlatlarida nishonlanadi.

Xalqaro oila kunini nishonlashdan maqsad oilalar bilan bog'liq muammoli masalalarga davlat va jamoatchilik e'tiborini qaratish, oilalar ahvoliga ta'sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat.

Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida azaldan insoniy qadriyatlar, milliy madaniyat va avlodlar davomiyligini asrovchi qo'rg'on, barqarorlik va taraqqiyot om...