Tashkent, April 25 -- 23-24-aprel kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida "Xalqaro biznes forum - Jizzax-2025" tadbiri bo'lib o'tdi.

Xorijiy kompaniyalar vakillari O'zbekistonda investorlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, dunyoda kuzatilayotgan global iqtisodiy mavhumlik paytida davlatimiz rahbarining barqaror va izchil siyosatini yuksak baholadilar.

Xususan, Xitoyning "Minyuan Silu Tianjin Industry" kompaniyasi prezidenti Li Syan Chin O'zbekistondagi faoliyati bilan o'rtoqlashdi va yurtimizda xorijiy investorlarga yaratilgan imkoniyatlarni e'tirof etgan holda, mamlakatimizda amalga oshirayotgan loyihalarini kengaytirish rejalarini bildirdi.

Xalqaro forum dasturiga binoan ixtisoslashgan ko'rgazmalar, "B2B" va "G2B" uchrashuvlar...