Tashkent, June 16 -- Joriy yilning 12-13-iyun kunlari Xiva shahrida yaqinda ishga tushirilgan "Arda Xiva" turizm majmuasida "V International Pahlavon Mahmud Strongmen Games" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

17 davlatdan tashrif buyurgan 22 nafar sportchilar musobaqaning oxirgi kunida, dastlab, Tegirmonchi vazifasida ustunni ko'tarib aylana hosil qilish hamda yetarli og'irlikdagi toshlarni eng ko'p ko'tarish yo'nalishlarida kurash olib borishdi.

Shundan so'ng, musobaqaning yakuniy shartlari "Ichan qal'a" majmuasida tashkil etilib, unda dunyo pahlavonlari ikki qo'lda Xivaning qadimiy ustunlarini ushlab turish va qilichni vertikal ushlab turish shartlari bo'yicha bahslashishdi.

Barcha shartlar yakunlangach, natijalar sarhisob qilinib, g'olib...