Tashkent, May 25 -- Shu kunlarda O'zbekistonda zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari namoyishiga qaratilgan "Uzbek Jewellery Fair - 2025" xalqaro ko'rgamasi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tadbir O'zbekiston zargarlik sanoati uyushmasi va "O'zMilliy bank" AJ bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ko'rgazma sohaga qaratilgan strategik ahamiyatga ega islohotlar, investitsion imkoniyatlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi say-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida zargalik sanoatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

O'zbekistonda 2-bor o'tkazilayotgan ko'rgazma 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy zargarlik korxonalarini bir joyga jamladi. Ular orasida Italiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Ro...