Tashkent, May 16 -- 14 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Toshturma" nomi bilan tanilgan Jazoni ijro etish departamentining Toshkent viloyatida joylashgan Markaziy tergov hibsxonasida belgilangan me'yordan ortiq shaxs saqlanayotgani va ularning ko'pchiligi polda yotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, mazkur masala avval ham Ombudsman tomonidan o'rganilib, natijasi bo'yicha Ichki ishlar vazirligi va boshqa mas'ul idoralarga tegishli xulosa kiritilgan hamda bu borada jamoatchilikka xabar berilgan.

Bugun, 15 may kuni amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yana bir bor ko'rish hamda muassasadagi sharoitlarni monitoring qilish maqsadida ...