Tashkent, June 17 -- "Tolibon" boshqaruvidagi Kon va neft vazirligi Xitoy kompaniyasi bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, gap Amudaryo neft konini qazib olish bo'yicha erishilgan shartnoma haqida ketmoqda. U Xitoyning Afchin kompaniyasi bilan 25 yilga tuzilgan edi. "Tolibon" mazkur kompaniyani shartnoma shartlarini bir necha bor buzganlikda ayblamoqda.

"Tolibon" Afchin bilan tuzilgan shartnomaning huquqiy jihatlarini ko'rib chiqish va hisob-kitoblarni aniqlashtirish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini hamkorlikka chaqirgan.

Shartnomani imzolash chog'ida "Tolibon" Xitoy kompaniyasi bir yil ichida 150 million dollar va keyingi uch yilda 450 million dollar sarm...