Tashkent, June 18 -- Toshkent viloyati Parkent tumaniga qarashli So'qoq qishlog'iga xos bo'lgan milliy taom - "So'qoq somsasi" O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Mazkur mahsulot o'zining o'ziga xos tabiiy masalliqlari, xususan, faqat So'qoq tog'larida o'sadigan xalq orasida "mador" nomi bilan tanilgan o'simlik yoki ismaloqdan tayyorlanishi, shuningdek, betakror ta'mi va xamirining o'ziga xos usulda tayyorlanishi bilan ajralib turadi.

Geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi: "So'qoq somsasi"ning aynan So'qoq hududiga mansubligini belgilab, uning sifati, tarixiy ildizlari va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.

Ushbu ro'yxatga oli...