Tashkent, May 29 -- Senat yalpi majlisida Iqtisodiyot va moliya vazirligining mamlakat hududlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Senatorlar tomonidan mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim muammolarga e'tibor qaratildi.

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi raisi o'rinbosari Qobul Tursunovning ma'lum qilishicha, avia va temir yo'l qatnovida yo'lovchilarni tashish hamda chipta olish masalalarida muammolar bugungi kungacha saqlanib qolgan.

"Xizmatlar sohasini rivojlantirishda turizm, jumladan ichki turizm muhim ahamiyat kasb etsa-da, ushbu yo'nalishda avia va temir yo'l qatnovida yo'lovchilarni (turistlarni) tashish hamda chipta olish ma...