Tashkent, May 6 -- Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Pedro Moreyra lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Davron Fayziyev o'zining Telegram sahifasida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "sherlar"ning joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalari sabab portugaliyalik mutaxassis iste'foga chiqarilgan. Yangi murabbiy tayinlangunga qadar jamoani Kamoliddin Tojiyev boshqarib boradi.
Ma'lumot o'rnida, "Paxtakor" joriy mavsum Superligada 8-tur yakuniga ko'ra, 9 ochko jamg'arib, 12-o'rinni band etib kelmoqda. Jamoa oxirgi o'yinda "Surxon" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Shuningdek, Superliga klublari orasida "Andijon" va "Sho'rtan" o'z murabbiylarini iste'foga chiqardi. Dastlab, andijonliklarni boshqarib kelgan Aleksandr Xomyakovni key...
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.