Tashkent, May 2 -- "Ostona-Turkiston-Samarqand" yo'nalishida yangi muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Yangi reys Turkiston shahri orqali amalga oshiriladi va yo'lovchilar uchun qulay tranzit hamda ziyoratchilar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur qatnovning yo'lga qo'yilishi bilan Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi aviaqatnovlar soni 44 taga yetdi.

Havo qatnovlari haftasiga ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari "De Havilland Dash 8-Q400" samolyotida amalga oshiriladi. Turkiston shahridagi tranzit bekati taxminan 40 daqiqa davom etadi, shundan so'ng yo'lovchilar aynan shu samolyotda Samarqandga uchib ketadilar.

"QAZAQ AIR" aviakompaniyasi kengash raisi Endryu Koenning ta'kidlashic...