Tashkent, April 26 -- Namangan viloyati YHXB boshlig'i Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvchi Telegram guruh va kanallarining aksariyat a'zolari maktab o'quvchilaridan iboratligini ma'lum qildi Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

"Bot-bot tilga olinayotgan 'Namangan yezda' kanali auditoriyasini tahlil qildik. 3200 nafar a'zosidan bor-yo'g'i 150 nafarga yaqini avtomobillarni ijaraga beruvchilar, qolgan 90 foizi voyaga yetmaganlar, asosan, maktab o'quvchilari", degan viloyat YHXB boshlig'i.

Mansur Gaziyevga ko'ra, avtomobillarni ijaraga beruvchilar bilan birma-bir muloqot qilinib, voyaga yetmaganlarga mashinalarni berib yuborishning yomon oqibatlari haqida ogohlantirilmoqda.

"Suhbat jarayonlaridan ma'lum bo'lyaptiki, bunday shaxslarni...