Tashkent, April 20 -- "Manchester Siti" klubi "Barselona"ning 17 yoshli iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal uchun rekord darajadagi - 275 million yevrolik taklif bilan chiqdi. Bu haqda Ispaniyaning Fichajes nashri xabar bermoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, u futbol tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.

Yamalning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilgacha mo'ljallangan. Kataloniya klubi futbolchini jamoada ushlab qolishni istasa-da, bu miqdordagi taklif rahbariyatni jiddiy o'ylantirishi mumkin. Joriy mavsumda hujumchi 43 o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning narxini 180 million yevroga baholagan.

Shuningdek, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiol...