Uzbekistan, Feb. 4 -- Angliyaning "Manchester Siti" klubi futbolchisi Abduqodir Husanov Chempionlar ligasi qaydnomasidan o'tkazildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan boshlab "Manchester Siti" qaydnomasiga kiritildi. Husanov qatori "shaharliklar" yangi futbolchilari Vitor Reys va Omar Marmush ham qaydnomadan o'tkazildi.

"Menchester Siti" YCHLning plet-off bosqichida Madridning "Real" klubi bilan to'qnash keladi.

Dastlabki o'tish o'yinlari 11-12-fevral, javob uchrashuvlari esa 18-19-fevral kunlari o'tkaziladi. Bu juftliklarda g'oliblar aniqlangandan keyin 1/8 final uchun yana bir qur'a o'tkaziladi.

Published by HT Digital Content Services...