Tashkent, June 17 -- Eron va Isroil o'rtasidagi urush tobora avj olib borayotgani bois O'zbekistondagi isroilliklar ham ogohlantirildi. Bu haqda Isroilning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, so'nggi voqealar tufayli Isroilning Toshkentdagi elchixonasi O'zbekiston va Tojikistondagi isroilliklarga zarur yordam ko'rsatmoqda. Milliy xavfsizlik kengashi esa xorijdagi barcha Isroil fuqarolarini ehtiyot choralarini ko'rishga chaqirgan. Xususan, ulardan jamoat joylarida yahudiy yoki Isroil ramzlarini ko'rsatmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda qayerda yashayotgani yoki qayerga sayohat qilmoqchiligi haqidagi ma'lumotlarni joylashtirmaslik, Isroil yoki yahudiylik bilan bog'liq ommaviy tadbirlardan qochish, mahalliy xavfsizlik xizmatla...