Tashkent, May 14 -- Siyosatchining o'limi haqida 13 may kuni Urugvayning amaldagi prezidenti ma'lum qildi. Muxika kasallik haqida 2024 yilda bilgan va 2025 yil boshida metastazlar tufayli davolanishni to'xtatayotganini e'lon qilgan. U, prezidentlik davrida bo'lgani kabi, fermada yashagan va hech qanday dabdabaga yo'l qo'ymagan. U 20 may kuni 90 yoshga to'lgan bo'lardi.

Siyosiy faoliyatining boshida Xose Muxika mamlakatdagi harbiy diktatura dushmani bo'lgan Tupomaros radikal so'l harakati a'zosi edi. Muxika bir necha bor hibsga olingan va oxir-oqibat umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukumat almashguncha u 14 yil qamoqda o'tirgan.

Ozodlikka chiqib, u deputat, keyin senator va qishloq xo'jaligi vaziri bo'ldi va 2009 yilda prezidentlik ...