Tashkent, May 20 -- O'zbekiston qadim tarixdan guvohlik beruvchi noyob obidalarga boy. Xorazm viloyatidagi "Ichan" va "Deshon" qal'alar ana shunday maskanlardan hisoblanadi.

1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon buyrug'i bilan barpo qilingan "Deshon qal'a", afsuski, bugungi kunda juda xarob ahvolga kelib qolgan. Uzunligi 6200 metr bo'lgan devorning 2000 metr qismi butunlay vayron bo'lgan, 2500 metr qismi esa yaroqsiz holga kelgan. Bundan tashqari, devor atrofida uzoq yillar mobaynida bir qancha noqonuniy qurilishlar amalga oshirilgan. Oqibatda "Deshon qal'a" devori atrofida yurish uchun umuman maydon qolmagan.

Bugungi kunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan "Deshon qal'a"ni ham aynan "Ichan qal'...