Tashkent, April 17 -- O'zbekiston prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov uch davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari va do'stligi tufayli bugun Farg'ona vodiysi imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo'shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylanganini aytdi.

Uning qayd etishicha, 1997-yilda o'z davrining yirik geostrateglaridan biri bo'lgan Zbignev Bjezinskiy o'zining "Buyuk shaxmat taxtasi" kitobida Farg'ona vodiysini geosiyosiy keskinlik o'chog'iga aylanishini bashorat qilgan, ayrim ekspertlar esa hatto "porox bochkasi"ga o'xshatgan edi.

Sherzod Asadov bugungi kunda Andijon iqtisodiy o'sish, tadbirkorlik tashabbusi, innovatsiya ruhi, intellektual taraqqiyot va madaniy tiklanishning qudratli markaziga aylanganini qayd etib o'tdi.

U...