Tashkent, May 29 -- Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" futbol klubi jamoaning portugaliyalik hujumchisi, megayulduz Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashish niyatida. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Nashrga ko'ra, 29 may kuni klub matbuot anjumani o'tkazadi va unda tarkib hamda ma'muriyat darajasidagi ko'plab o'zgarishlar e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, "Al-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionatining yakuniy jadvalida 70 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi. Chempion bo'lgan "Al-Ittihod" bilan farq 13 ochkoni tashkil etdi. Krishtianu Ronaldu esa 25 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi.

40 yoshli portugaliyalik futbolchi 2023 yildan beri saudiyalik klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning shartnomasi shu yozda yakuni...