Tashkent, May 9 -- Yevropa ligasi yarim finalining 9-mayga o'tar kechasi bo'lib o'tgan javob o'yinlarida ham Angliya klublarining qo'li baland keldi.

Manchester Yunayted o'z maydonida Atletikni, Tottenhem safarda Budyo-Glimtni mag'lubiyatga uchratdi.

Yevropa ligasi. Yarim final

Manchester Yunated - Atletik - 4:1

Gollar: Maunt (72, 90+1), Kazemiro (79), Hoylund (85) - Xauregisar (31).

Ikki o'yin natijasiga ko'ra, MYu Atletikni 7:1 hisobida yengib, finalga yo'l oldi.

Budyo-Glimt - Tottenhem - 0:2

Gollar: Solanke (63), Porro (69).

Ikki o'yin natijasiga ko'ra, Tottenhem Budyo-Glimtni 5:1 hisobida yengib, finalga chiqdi.

Yevropa ligasi g'olibi 21-may kuni aniqlanadi - Manchester Yunayted va Tottenhem Ispaniyadagi San-Mames stadioni (A...