Tashkent, April 22 -- So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaylov yer uchastkalaridan foydalanayotgan ayrim fuqarolar va xo'jaliklarning huquqlari buzilayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qo'mita bayonotiga ko'ra, davlat rahbarining "Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga asosan, yaylovlardan samarali va maqsadli foydalanish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yaylovlarni chorvachilik ehtiyojlari uchun foydalanilishini ta'minlash, boshqaruvning ixcham va shaffof tizimini yaratish, ularni noqonuniy daromad manbaiga aylantirishga ch...