Tashkent, May 29 -- Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar Turizm vazirlari kengashining Sochi shahrida o'tkazilgan yig'ilishida Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev ishtirokchilarni O'zbekistonning sayyohlik sohasidagi islohotlar bilan tanishtirdi.

O'zbekistonda turizm barqaror taraqqiyot va iqtisodiy o'sishning muhim omili bo'lib qolgani, "yashil" turizmni joriy etish, sohani raqamlashtirish, qishloq, tibbiyot va gastronomik turizmni rivojlantirish, ichki yo'nalishlarni, ekologik tashabbuslarni va raqamli xizmatlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani alohida ta'kidlandi.

Yig'ilishda MDHning turizm ta'limi sohasidagi tayanch tashkiloti bo'lmish Samarqanddagi Turizm va madaniy meros xalqaro uni...