Tashkent, May 1 -- Aholi faolligi oshib, turizm jadal rivojlanayotgan Xorazmda transport xizmatlari ham yaxshilanmoqda. Shu maqsadda "Bunyod yo'lovchi tashish" korxonasi tomonidan qariyb 8 million dollar evaziga 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda. Hozirga qadar shundan 50 tasi keltirilgan.

Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi chog'ida aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.

"YEVRO-5" talablariga munosib mazkur avtobuslarning sig'imi 70 kishilik. Tagi past bo'lgani uchun nogironlar va keksalar uchun ham qulay. Shuningdek, Wi-Fi va kuzatuv kameralari ham mavjud. Bunday zamonaviy jamoat transportidan keksa-yu yosh birdek mamnun.

Avvalgi kichik avtobuslarning har biri kuniga 200-300 kishini tashigan bo'lsa, yangi avtobusla...