Tashkent, June 5 -- Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o'yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko'rsatib, tom ma'noda ulkan g'alabaga erishganingiz - Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning necha yillik orzusi edi, desak, to'g'ri bo'ladi. Sizlar professional bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingiz, eng muhimi, yuksak irodangiz va g'alabaga bo'lgan ishonchingiz bilan ana shunday orzuni real haqiqatga aylantir...