Tashkent, June 20 -- "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik ko'rgazmasi doirasida "Migrantlar oilalaridagi ayollar salohiyatini kengaytirish va barqarorlikni oshirish: O'zbekistonda iqlim o'zgarishiga gender nuqtayi nazaridan moslashuv" mavzusida parallel tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi ko'magida tashkil etildi.

Tadbirda iqlimiy moslashuvga oid siyosat va dasturlarda barqaror, inklyuziv va genderga sezgir yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi muhokama qilindi. Ayniqsa, iqlim xavfi ostida qolgan hududlarda, oilaning asosiy boquvchisi chetga ishlashga ketgan holatlarda, yordam va qaror qabul qil...