Tashkent, May 25 -- Joriy yilning 21-may kuni Venada BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo'yicha komissiyasining 34-sessiyasi doirasida "Mojarolar hududidan kelgan repatriantlarni samarali reabilitatsiya va a reintegratsiya qilish: Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi tomonidan Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston vakillari ishtirokida tashkil etildi.

O'zbekiston delegatsiyasiga davlatimiz rahbari huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o'rinbosari Shafoat Nurullayeva boshchilik qildi.

Muhokamalar chog'ida O'zbekiston tomoni fuqarolarni, ayniqsa, ayollar va bolalarni m...