Uzbekistan, Feb. 5 -- Jizzax viloyati Do'stlik tumanida 23 yoshli ayolni fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo'lgan erkakka sud hukmi o'qildi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli erkak o'ziga notanish bo'lgan ayolni Rossiyaga fohishalik qilish maqsadida sotib yubormoqchi bo'lganida ushlangan.
"Aybimga iqrorman, pushaymonman. Oilada yagona boquvchiman. Xotinim homilador va bir nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Suddan yengillik so'rayman", - dedi ayblanuvchi.
Jinoyat ishlari bo'yicha Do'stlik tumani sudi erkakni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (Odam savdosi) bilan aybli deb topdi. Unga nisbatan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.