Tashkent, May 8 -- 8 may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahridagi G'alaba bog'ida 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan harbiy paradda ishtirok etdi va nutq so'zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, tadbir o'tkaziladigan joyda davlat rahbari Imomali Rahmonni o'g'li, Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali va Tojikiston Mudofaa vaziri Imomali Sobirzoda kutib olgan.

Tantanali marosimda Tojikiston Milliy Majlisi Raisi va Vakillar palatasi raisi, Tojikiston Respublikasi hukumati a'zolari, hokimiyat tuzilmalari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, Rossiyaning 201-harbiy bazasi hamda Tojikistondagi...